Gvardiola koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million evro xayriya qildi
25 mar 2020 11:44
Yangiliklar


Gvardiola koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million evro xayriya qildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa bo'ylab tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qo'shildi.
Ispaniyalik mutaxassis shifoxonalarda zarur tibbiy jihozlarni sotib olish uchun xayriya fondiga 1 million evro xayriya qildi.
Gvardiolaning xayr-ehsonini qo'shgan holda to'plangan barcha pullar zudlik bilan Kataloniyaning barcha tibbiy markazlariga tarqatiladigan dori-darmonlarni sotib olish va ishlab chiqarishga yo'naltiriladi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Messi ham aynan Kataloniya va Argentinadagi shifoxonalarga 1 million evro miqdorida xayriya qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar