Gvardiola klublar o'rtasidagi JCHda to'rtinchi marotaba g'olib bo'ldi va rekordchiga aylanib oldi
23 dek 2023 08:30
Yangiliklar
Gvardiola klublar o'rtasidagi JCHda to'rtinchi marotaba g'olib bo'ldi va rekordchiga aylanib oldi
Pep Gvardiola klublar o'rtasidagi JCHda murabbiy sifatida g'olib bo'lish bo'yicha rekord o'rnatdi.
"Manchester Siti"ning "Fluminense" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng ispaniyalik murabbiy hisobida bunday sovrinlar soni 4 taga etdi. U bu borada Karlo Anchelottini ortda qoldirdi (3 ta).
Yana bir qiziq malumot: Gvardiola jamoasi klublar o'rtasidagi JCHda umuman yutqazmagan. Bungacha u "Barselona" (2009, 2011) va "Bavariya" (2013) bilan ushbu musobaqada g'olib chiqqan.
Fikrlar