

"Kataloniya terma jamoasi yoki "Barselona" ustozi bo'lmayman. Bundesligaga qaytish? "Manchester Siti" bilan shartnomam yana ikki yil amalda va uni oxirigacha o'tamoqchiman. Keyin ko'ramiz" - deydi Gvardiola.
Gvardiola 2008-2012 yillarda "Barselona" bilan 3 marta Ispaniya chempionati, 2 marta mamlakat Kubogi, 2 marta Chempionlar ligasi, 2 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan.



