Gvardiola: "Futbolchilardan kamroq yugurishni iltimos qildim"
14 jan 2021 17:45
Yangiliklar


Gvardiola: "Futbolchilardan kamroq yugurishni iltimos qildim"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'yin vaqtida futbolchilardan kamroq kuch sarflashini so'radi.
"Kamroq yugurishni boshladik. Biz juda ko'p yugurayotgandik. Futbol o'ynayotganda yurish kerak. Qancha kam bo'lsa, shuncha yaxshi.
To'psiz qolganda esa yugurish kerak. To'pni qabul qilib olganingdan keyin sening ortingdan yugurishsin. SHu sababli u yugursin, sen emas. Bu jabhada biz katta o'sishga erishdik.
Ushbu mavsumda ko'p narsa o'xshamayapti. Bu mening aybim. Keyinchalik barchasi yaxshi holatga qaytdi.
Gap shundaki, futbolchilarga mavsum oldidan tayyorgarlik uchun juda kam vaqt berilgandi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 17

Fikrlar