Gvardiola: "Franciya jamoalari doimo jismonan kuchli bo'lgan, shu sababli ular jahon chempioni"
28 noy 2018 11:03
Yangiliklar
Gvardiola: "Franciya jamoalari doimo jismonan kuchli bo'lgan, shu sababli ular jahon chempioni"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Lion"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi.
"Biz mamnunmiz. "Lion" eng kuchli jamoalardan biri. Ular jismonan baquvvat, qarshi hujumlarda juda yaxshi harakat qilishdi.
Maqsadimiz pley-offga chiqish edi. Guruhda birinchi o'rinni olish uchun yana ochko olishga harakat qilamiz.
CHempionlar ligasida o'ynash oson emas. "Inter", "Tottenxem", "Liverpul" yoki PSJ kabi kuchli jamoalar turnirni tark etishi mumkin.
Franciya jamoalari doimo jismonan baquvvat bo'lgan, shu sababli ular jahon chempioni. Ularda sifat bor, franciyaliklar to'pni yo'qotishmaydi, ular kuchli" - deydi Gvardiola.
Fikrlar