Gvardiola "Enfild"dagi "sehr" haqida gapirdi

Alisher
3 iyul 2019, 17:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul" klubining stadioni bo'lmish "Enfild" haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ispaniyalik mutaxassis "Liverpul" va "Barselona" ishtirokidagi Chempionlar Ligasi yarim final bahsini yodga oldi.

"Barselona" "Enfild"da hech bo'lmaganda bitta gol urishi kerak edi. Ishonchim komilki, o'yinchilar stadionni qayday ekanligini bilishar edi. "Bu Enfild" jumlasi shunchaki marketing uchun ishlatilmaydi.

Bu yerda dunyodagi hech bir stadionda topilmaydigan sehr bor. Ular gol urishadi va keyingi besh daqiqa ichida yana 4ta gol ura olishlari mumkin. Ko'pgina jamoalar "Enfild"da noiloj qoladi. Biz "Manchester Siti" misolida ham bunga guvoh bo'ldik", - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports