Gvardiola ECHL pley-offining mehmondagi ilk o'yinlarida 8 marta mag'lub bo'ldi
10 apr 2019 09:01
Yangiliklar


Gvardiola ECHL pley-offining mehmondagi ilk o'yinlarida 8 marta mag'lub bo'ldi
“SHaharliklar” kecha ECHL 1/4 finalining birinchi bellashuvida “Tottenxem”ga mehmonda mag'lub bo'ldi (0:1).
Bu “Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun ECHL pley-offining mehmondagi dastlabki o'yinlarida qabul qilingan 8-mag'lubiyat bo'ldi. Mana shunday mag'lubiyatlardan so'ng uning jamoasi atigi 2 marta keyingi bosqichga chiqqan. Jumladan 2011 yil “Barselona” “Arsenal”ni mag'lub etib (safarda 1:2, uyda 3:1) keyingi bosqichga chiqqan bo'lsa, 2015 yili “Bavariya” uning qo'l ostida “Portu”ni (mehmonda 1:3, uyda 6:1) yutib, pley-offdagi kurashini davom ettirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar