Gvardiola De Bryuynening "Man Siti" bilan shartnomani uzaytirishiga shubha qilmayapti
06 jan 2021 10:04
Yangiliklar


Gvardiola De Bryuynening "Man Siti" bilan shartnomani uzaytirishiga shubha qilmayapti
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubning Kevin De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirishga urinishi haqida gapirdi.
Belgiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
- Men uning qolishiga deyarli aminman, ammo biz butun muzokara jarayonilarini ham hurmat qilishimiz kerak.
Nima bo'lishini bilmayman, rahbariyat bilan gaplashmadim. Ammo De Bryuyne biz uni qanday qadrlashimizni biladi, nafaqat futbolchi sifatida, balki shaxs sifatida. U klub uchun juda muhim. Men qo'rqmayapman. Ammo oxirida u qaror qabul qilishi kerak albatta, - deydi Gvardiola.
De Bryuyne 2015 yildan beri "Manchester Siti"da o'ynaydi. U joriy mavsum klub safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 12ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar