So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  14 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Gvardiola: “CHelsi”ning himoya qo'rg'onini zabt etish oson emasdi. Ikkinchi bo'limda gol urishga loyiq edik” Yangiliklar

Gvardiola: “CHelsi”ning himoya qo'rg'onini zabt etish oson emasdi. Ikkinchi bo'limda gol urishga loyiq edik”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHL finalida “CHelsi”ga (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Tarkibni tanlash borasida qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. G'alaba uchun eng yaxshi variantni tanlashga urindim. Birinchi bo'limda bor kuchimiz bilan raqib himoya qo'rg'onini “buzish”ga urindik. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq harakat qildik. 

“CHelsi”ning himoyaviy strukturasiga qarshi chiqish oson ish emas. Uzoq masofalarga to'p uzatish va ikkinchi to'p uchun kurashda qiyinchiliklarga duch keldik. Butun mavsumni yaxshi o'tkazdik. Ammo finalda g'alabaga erisha olmadik. Harakat qildik, biroq maqsadga erisholmadik. Yanada yaxshiroq ishlashda davom etamiz.

Umuma o'yin katta bosim ostda kechdi. Ilk marta ECHL finalida o'ynashimizga qaramay yomon o'yin ko'rsatmadik. Ikkinchi bo'limda dadilroq harakat qildik. Ammo bu kecha raqibning maqsadi amalga oshdi. Londonliklarni g'alaba bilan tabriklayman.

Har doim g'olib chiqish uchun harakat qilish lozim. Ikkinchi bo'limda ularda birgina Pulishich bilan bog'liq xavfli vaziyat yaratildi. Albatta “CHelsi” yaxshi jamoa, ammo biz ularga nisbatan yaxshiroq harakat qilgandik. Ikkinchi bo'limda hech bo'lmaganda bitta gol urishga loyiq edik.  Ammo bu amalga oshmay qoldi”, dedi Gvardiola.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика