Gvardiola: “Bunaqasini hatto tasavvur ham qilib bo'lmaydi”

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2017, 04:15
“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola jamoasining “Tottenxem”ga (2:2) qarshi bahsidan keyin o'z fikr mulohazalarini bildirdi.

“Biz juda yaxshi o'ynadik va ajoyib futbol namoyish etdik. Afsuski, hammasi mana shu tariqa yakunlandi. Biz juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, raqibga kam imkoniyat berdik, ammo g'alaba qozona olmadik. Bugun hamma narsa bizga qarshi edi.

Shubhasiz, biz ko'p gol urishimiz lozim. Sababi bizda buning uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo bilan undan samarali foydalana olmadik.

“Everton” to'rt marotaba darvozamizga zarba berdi bularning barchasi golga aylandi. “Tottenxem” ikki marta aniq zarba va ikkita gol. Bunaqasini hatto o'ylab ham ko'rib bo'lmaydi.

Bizda buyog'iga ham faqat va faqat  yaxshi o'yin namoyish etishimiz va vaziyatlarni yaratishimiz lozim. Ammo biz bu ish bilan butun mavsum mashg'ulmiz.

Albatta o'yin bundan natija bilan tugashidan xafaman. Futbolchilarim ko'rsatgan o'yindan faxrlanaman. Ammo biz bunday natijaga loyiq emasdik”, deydi Gvardiola.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС