Gvardiola: "Bu ish oson bo'lganida, MYU uddalagan bo'lardi"
10 fev 2024 14:01
Yangiliklar
Gvardiola: "Bu ish oson bo'lganida, MYU uddalagan bo'lardi"
"Manchester Siti" o'tgan mavsum tarixda ilk bora uchta asosiy musobaqa - APL, Angliya Kubogi va CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi.
"Bu ertak, hammasi siz o'ylagandan qiyinroq. "Everton"ni mag'lub etishga harakat qilamiz, uyog'iga ko'ramiz.
99,9% ehtimol bilan ketma-ket ikkinchi treblni takrorlay olmaymiz, chunki buni hech qachon, hech qachon, hech qachon, hech qachon hech kim uddalay olmagan. Agar bu oson bo'lganida, boshqa jamoa, masalan, "Manchester Yunayted" uddalagan bo'lardi.
Bu borada hammasi qiyin, o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyat hech narsan kafolatlamaydi. Kurashda oxirigacha qolish uchun o'sha ishlarni har uch kunda takrorlash kerak.
Umid qilamanki, mart va aprelda ham shunday shijoatda bo'lamiz va may oyida ham sovrin uchun kurashishda davom etamiz. Bu bizning maqsad, - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Barselona" o'z tarixida 2 martadan trebl qayd etgan. Lekin, ularning hech biri bu natijani kema-ket ikki mavsumda amalga oshirmagan.
Fikrlar