Gvardiola: "Bu "Barselona" juda kuchli, Messining o'yini tomosha qilish - muxlislarga zavq bag'ishlaydi"
19 mar 2015 10:48
Yangiliklar


Gvardiola: "Bu "Barselona" juda kuchli, Messining o'yini tomosha qilish - muxlislarga zavq bag'ishlaydi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" va uning hujumchisi Lionel Messi nomiga iliq so'zlar aytdi.
Gvardiola "Barselona"ning "Manchester Siti"ga qarshi UEFA CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida o'yinni "Kamp Nou"da kuzatdi.
"Bu "Barselona" juda kuchli va mavsumni juda yaxshi o'tkazyapti. Messining o'yinini tomosha qilish - muxlislarga zavq bag'ishlaydi. CHorak finalga faqat kuchli jamoalar chiqdi. Ko'ramiz "Bavariya" raqibi kim bo'lar ekan" - deydi Gvardiola.

Fikrlar