Gvardiola: “Biz endi chempionmiz”
10 fev 2021 19:25
Yangiliklar


Gvardiola: “Biz endi chempionmiz”
“Bilasizmi, 2-3 oy oldin bizda holat boshqacha edi. Bizda chempion bo'lish, CHempionlar Ligasi o'rnidan joy olish uchun imkon yo'q edi, ammo endi biz tayyormiz. Balki, Premer-ligada o'ynamasligimiz kerakdir. Axir endi biz chempionmiz. Nega “Tottenxem”, keyin esa “Everton” bilan o'ynashimiz zarurligini tushunmayapman. Biz allaqchon g'olib bo'ldik”, deya hazil qilgan Gvardiola.
Yuqoridagi fikridan so'ng, ispaniyalik mutaxassis “Liverpul”ni titul uchun hisobdan chiqarish noto'g'riligini aytdi.
“Liverpul” faoliyatim davomida ko'rgan eng zo'r jamoalardan biri bo'lib qolmoqda. Ular APLda 68 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyani ko'rsatishdi, keyin esa qatorasiga uchta mag'lubiyat. O'ylab ko'ringchi, bu biz bilan sodir bo'lishi mumkinmi? Albatta mumkin”, deb qo'shib qo'ygan Pep.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar