Gvardiola: "Birinchi o'yindagi natija hech qanday ahamiyat kasb etmaydi"
13 apr 2021 23:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630890_original.jpg)
![](/upload/storage/630890_220.jpg)
Gvardiola: "Birinchi o'yindagi natija hech qanday ahamiyat kasb etmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHLning 1/4 finali doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Dastlabki o'yinda "shaharliklar" 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi. Ammo bu hisob yarim finalni kafolatlamaydi.
"Biz uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz. CHunki hali navbatdagi bosqichni o'zimiz uchun kafolatlab qo'ymaganmiz. Ha, dastlabki o'yinda g'alabaga erishdik. Buni yana bir bor takrorlamoqchimiz. O'z rejamizdan ortga chekinmasligimiz kerak. Ilk uchrashuvdagi natija hech nimani hal qilmaydi. SHunday o'ynash kerakki, doimo ilk o'yindagi g'alaba tasodif emasligini isbotlash darkor. Biz "Borussiya"ni nazorat qilib, g'alaba qozonmoqchimiz", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar