Gvardiola: “Birinchi golimiz “ofsayd”dan urilgan bo'lsa, uzr so'rayman”
10 mar 2019 07:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/482134_original.jpg)
![](/upload/storage/482134_220.jpg)
Gvardiola: “Birinchi golimiz “ofsayd”dan urilgan bo'lsa, uzr so'rayman”
“Manchester Siti” bsh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 30-turida “Uotford”ga (3:1) qarshi bahsda Sterling kiritgan birinchi golga izoh berdi.
“Agar golimiz “ofsayd”dan urilgan bo'lsa, uzr so'rayman. Agar bizning chempionatda ham VAR tizimi qo'llanila boshlanganida edi, bu kabi muammolar bo'lmasdi. Butun jahon ushbu tizimdan foydalanishni boshlagan bir paytda APL bunga “yo'q” deb javob berdi. Keyingi mavsumda, o'ylaymanki, bu kabi muammolar yuzaga kelmaydi va hammasi adolatli hal etiladi.
“Manchester Siti” yil boshida VAR tizimini qo'llash borasidagi taklifga ijobiy javob bergandi. Biz hakamlarga yordam bo'lishiga rozi edik, ammo boshqa klublar bunga yo'q deb javob qaytarishdi”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar