So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  23 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Gvardiola: Avval finalga chiqaylik, keyin g'alaba haqida gapiramiz Yangiliklar

Gvardiola: Avval finalga chiqaylik, keyin g'alaba haqida gapiramiz

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim finalidan avval bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis OAV savollariga javob berdi.

"Bu turnirdagi g'alaba haqida gapirishdan oldin biz final yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak. Finalga munosib ekkanligimizni isbotlashimiz lozim", - deya gap boshladi maestro.


- Bu mening Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi to'rtinchi ishtirokim. Oldingi musobaqalarda yarim final o'yinlari juda qiyin o'tgan. Har safar turli qiyinchiliklar yuzaga kelgan.



Biz bu musobaqada g'alaba qozonishni istaymiz. Hali bu titulni qo'lga kiritmaganmiz. Modomiki shu erda ekanmiz, bu musobaqada g'olib chiqishimiz kerak. Biz kichik doirani aynan shu titul bilan yopib qo'ymoqchimiz. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati biz qo'lga kiritmagan oxirgi sovrin. 

Bu turnirni APL bilan solishtirmagan maqul. Bu boshqa tipdagi musobaqa. Bu erda nima sodir bo'lmasin, biz Angliyaga qaytib, "Everton", "SHeffild" va "Nyukasl"ga qarshi boshqacha o'yin o'tkazamiz. 

"Aston Villa" bilan o'yindan tashqari qolgan uchrashuvlarda yaxshi harakat qilgandik. Lekin bazi faktorlar sabab bu o'yinlarda ochkolarni boy berdik. "Urava"ga qarshi o'yinda ishtiyoqimizni tiklay olamiz. 

Mahrez va Laportlar bilan ko'rishib qolsak, ularning tajribasini eshitish qiziqarli bo'lardi. 

Saudiya Arabistoni yulduz o'yinchilarni mamlakatga olib kelish uchun juda katta mablag' sarfladi. Saudiya Arabistonida qancha muxlis borligini oldingi tajribamdan yaxshi bilaman. 

Yangi talqindagi Jahon chempionati haqidagi fikrim? Men hech qachon yangi turnirlarga qarshi bo'lmaganman. Men doim takidlagan narsa bu futbolchilarning tiklanishi uchun etarli muddat berilmayotgani. Har doim aynan shu narsani istaganman. Futbolchilarga etarli sharoit yaratilishi kerak. Mavsumlar oralig'ida bizda tiklanish uchun bor yo'g'i 3 hafta vaqt bo'ladi, xolos. Bu esa kam", - deydi Pep Gvardiola.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика