Gvardiola: "Arsenal" shunday o'ynashda davom etsa 100 yoki undan ko'p ochko to'playdi"
05 jan 2023 01:09
Yangiliklar
Gvardiola: "Arsenal" shunday o'ynashda davom etsa 100 yoki undan ko'p ochko to'playdi"
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasidagi chempionlik uchun poyga haqida fikr bildirdi.
Ayni damda "Manchester Siti" 2-o'rinda va "Arsenal"dan 8 ochko ortda qolmoqda, biroq "shaharliklar" etakchilardan bitta o'yin kam o'tkazishgan.
"Oradagi farqni qisqartirish uchun yaxshi o'ynash va g'alaba qozonish kerak.
"Arsenal" shunday o'ynashda davom etsa 100 yoki undan ko'p ochko yig'a oladi. Biz ularni quvib etishimiz juda qiyin bo'ladi.
"Siti" ularga etib olishi uchun ideal o'yin ko'rsatishi va "Arsenal"da yo'qotishlar bo'lishi kerak. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan" - deydi Gvardiola.
Fikrlar