Gvardiola: Arsenal 96-daqiqada qo'l bilan o'ynab, Bernlini yutib ketgani yodimda
06 noy 2017 09:41
Yangiliklar
Gvardiola: Arsenal 96-daqiqada qo'l bilan o'ynab, Bernlini yutib ketgani yodimda
Manchester Siti ustozi Xosep Gvardiola Arsenal ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) hakamlar haqida gapirdi.
Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. Jamoamiz g'alaba qozondi. Yaxshi o'ynab g'alabaga erishdik.
Bazida shunday bo'ladi. Menga uchinchi golda ofsayd bo'lganini aytishdi. Men bunday g'alaba qozonishni istamayman. Ammo shunday qaror qabul qilindi, Arsenal o'z vaqtida 96-daqiqada qo'l bilan o'ynab, Bernlini mag'lub etgani yodimda, – deydi kataloniyalik murabbiy.
Manchester Siti – Arsenal uchrashuvini Maykl Oliver boshqardi. Qanotda Saymon Bennett va Styuart Bert ishlashdi.
Gvardiola 2016 yil 2 oktyabr kungi Bernli – Arsenal (0:1) uchrashuvini yodga oldi. O'sha bahsni Kreyg Pouson boshqarib borgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar