Gvardiola Agueroning holati haqida gapirdi
27 okt 2020 14:43
Yangiliklar


Gvardiola Agueroning holati haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Serxio Agueroning holati haqida gapirdi.
"Agarda futbolchi tizzadagi jarohati sababli bir necha oy maydonga tushmasa, jarohatning qaytalanish ehtimoli yuqori bo'ladi. Umid qilamanki, Serxioni tezroq maydonga qaytaramiz. SHu holatda ham kamida 10-15 kun kutish kerak bo'ladi. Holat yomonlashsa, bir oy. Bizga futbolchining salomatligi muhim", - dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Aguero bir qancha vaqt oldin tizzasidan operaciya qilingandi. Ushbu mavsumda u 3 o'yinda 1 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar