Gvardiola: "Agar "Arsenal" ustidan g'alaba qozonganimizda ishonchimiz yanada oshgan bo'lar edi"
08 avg 2016 11:31
Yangiliklar
Gvardiola: "Agar "Arsenal" ustidan g'alaba qozonganimizda ishonchimiz yanada oshgan bo'lar edi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi bahs (2:3) haqida fikr bildirdi.
"O'yinimizning ko'plab ijobiy tomonlarini ko'rdim. "Arsenal"ni mag'lub etishimizni istagan edim. Agar g'alaba qozonganimizda o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortardi, ammo bu tayyor emasmiz degani emas.
"Manchester Siti"ning har bir futbolchisi muhim rolni o'ynaydi. Uchta o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng qandaydir xulosa qilib bo'lmaydi. Bizni uzoq yo'l, ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Tayyor bo'lgan futbolchilar maydonga ko'proq tushadi. Har bir futbolchi har uch kunda o'ynashga tayyor emas" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar