Gvardiola 4:0 haqida nimalar dedi?
14 avg 2022 00:30
Yangiliklar
Gvardiola 4:0 haqida nimalar dedi?
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLda "Bornmut" 4:0 hisobida mag'lub etilgani haqida gapirdi.
"Jamoa sifatida juda yaxshi o'ynadik. "Bornmut" himoyada juda tartibli harakat qildi va hujumda ham yaxshi o'ynadi.
Ular kichik paslar orqali bizni bir necha marta xavotirga solishdi, keyin o'yinni o'zgartirishdi. Raqibning o'yini xuddi "Tottenxem"nikiga o'xshash. Himoyada chuqur o'ynashadi va tezda qanotlar orqali chiqib ketishadi.
O'yinni yaxshi boshladik, tezda 3-4 burchak zarbasiga ega bo'ldik va vaziyatlar yaratdik. Ikki golni urib olgandan keyin ular hujum qilmay qo'yishdi, biz esa sabrni asradik. G'alaba bir necha sabablar bilan oson keldi, deya olmayman. SHunchaki yaxshi o'yin namoyish qildik", - dedi Gvardiola.
Fikrlar