Gustavo Poyet: "Penalti borasida ko'p bahslashish mumkin. Lekin buning foydasi yo'q"
20 apr 2014 01:11
Yangiliklar
Gustavo Poyet: "Penalti borasida ko'p bahslashish mumkin. Lekin buning foydasi yo'q"
"Sanderlend" bosh murabbiyi Gustavo Poyet "CHelsi" bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Bu mavsumda bizlar bilan har qanday voqea sodir bo'lishi mumkin. O'ylashimcha, bugungi o'yinda hech bir jamoa raqibidan ustunlikka erisha olmadi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Penalti? Bu hakam uchun qiyin vaziyat bo'ldi. Qaysidir joydan penalti bordek tuyuladi, yana boshqa bir tarafdan qarasa yo'qdek ko'rinadi. Bu borada ko'p bahslashish mumkin. Lekin buning foydasi yo'q. Keyingi "Kardiff" va "Vest Bromvich" qarshi kechadigan o'yinlarimiz biz uchun muhim bahslar bo'ladi. Safardagi "MYU"ga qarshi bo'ladigan o'yinda ham har narsa bo'lishi mumkin. Premer ligaga qolishga harakat qilamiz.
Fikrlar