So’nggi yangiliklar

11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  0 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  3 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  7 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  5 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  2 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  2 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  8 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  13 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  10 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   15 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2

Guruhda birinchi bo'ldik yoxud O'zbekiston - Afg'oniston 5:0 Yangiliklar

Guruhda birinchi bo'ldik yoxud O'zbekiston - Afg'oniston 5:0

O'zbekiston - Afg'oniston o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston - Afg'oniston 5:0
Hakamlar:
Hamis Al Marri (Qatar), Murod Yosir (Quvayt), Abdulloh SHammaxi (Ummon), Abdulloh Balideh (Qatar)
Gollar:
Egor Krimec 6, Vohid SHodiev 42, Farruh Sayfiev 50, Igor Sergeev 85, Vohid SHodiev 90+2.
O'zbekiston:
1.Eldor Suyunov, 2.Egor Krimec, 4.Bobur Yo'ldoshev, 7.Fozil Musaev (14.Akbar Ismatullaev, 46), 8.Jamshid Iskandarov, 10.Vladimir Kozak, 15.Vohid SHodiev, 16.Sardor Rashidov (19.Farruh Sayfiev, 46), 17.Igor Sergeev, 18.Salim Mustafoev, 20.Islom To'xtaxo'jaev (3.SHerzod Fayziev, 65)
Afg'oniston:
20.Muhammadi Ibrohim Fardin, 3.Xarun Faxruddin (S), 4.Farzad G'ulom Mahuidin, 6.Rohullah Iqbolzoda, 7.Mustafo Azadzoy, 8.Kanischka Toxir, 10.Faysal SHayesteh, 11.Sanjar Muhammad Ahmadi (13.Muhammad Naim Omid, 87), 12.Hoshimi Sayid Muhammad, 16.Jaloliddin SHarityar, 19.Amiruddin Muhammad Anvar.
Ogohlantirish:
Sardor Rashidov


# "B" guruhi O' YU D M T-N O
1 O'zbekiston 3 2 1 0 9-1 7
2 Gonkong 3 2 1 0 5-3 7
3 Bangladesh 3 1 0 2 2-5 3
4 Afg'oniston 3 0 0 3 1-8 0


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH

O'zbekiston Afg'oniston ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozonib guruhda birinchi o'rinni oldi. Endi 1/8 finalda vakillarimiz Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi.

90+2. Raqib jarima maydonidagi pala partishlikdan foydalangan SHodiev kuchsiz zarba bilan o'yindagi yakuniy golni urdi - 5:0. 

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vohid SHodiev!!! 5:0

90.
O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi

87. O'zgarish. Afg'oniston.
Sanjar Muhammad Ahmadi o'rniga Muhammad Naim Omid tushdi

86.
Afg'onistonning hujumi... Ahmadi SHerzod Fazievdan o'tib keta olmadi

85. Salim Mustafoevning chap qanotdan oshirgan to'pini Igor Sergeev darvozaga joylab qo'ydi - 4:0

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Igor Sergeev!!! 4:0


84. Vakillarimiz to'pni bir birlariga uzatib turib raqibni o'z jarima maydoni ichiga qamal qilishgan

82. To'xtaxo'jaev maydondan chiqib ketganidan so'ng sardorlik bog'ichini olgan Vohid SHodiev ancha faol o'ynamoqda

80. Xavfli vaziyat! Sergeevning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi! Yonida sherigi bor edi Igorning...

74.
So'nggi daqiqalarda Afg'oniston ancha faollashib qoldi, ular hujumga o'tishga urinishmoqda.

72. Gonkong - Bangladesh uchrashuvida hisob o'zgardi 2:1. Guruhda birinchi o'rinni olishimiz deyarli aniq bo'ldi

71. Afg'onistonning hujumi!
Jaloliddin SHarityarning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq chiqdi

69.
Igor Sergeev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

67.
SHodiev gol urdi, lekin undan oldinroq raqib qoida buzgani uchun hakam golni inobatga olmadi. Kozakning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

66.
Hozirga qadar vakillarimiz 18ta zarba berishdi, shundan 10tasi aniq chiqdi. Afg'onistonda esa 2ta zarbadan bittasi aniq bo'ldi

65. O'zgarish. O'zbekiston.
Islom To'xtaxo'jaev o'rniga SHerzod Fayziev tushdi

65. Kozak! Uning zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi

62.
Ayni paytda Gonkong Bangladeshni 1:0 hisobida mag'lub etmoqda

61.
Vakillarimiz yirik hisobda oldinda bo'lishlariga qaramay faqat hujum qilishmoqda

56.
To'p bilan muomala qilishda hamon oldindamiz - 67:33.

56.
Igor Sergeev hujumda raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi, Afg'oniston o'z hujumini boshlashga tayyorlanmoqda

53.
Rohullah Iqbolzoda Bobur Yo'ldoshevni yiqitdi, Iskanderov jarima to'pini amalga oshirdi, To'xtaxo'jaev boshi bilan darvozaga zarba berdi darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni SHodiev noaniq zarba berdi

52.
Mustafoev chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'pga hech kim eta olmadi

50. Mustafoev-SHodiev-Sergeev kombinaciyasini hozirgina maydonga tushgan Farruh Sayfiev samarali yakunladi - 3:0

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! FARRUH SAYFIEV!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

46. O'zgarish. O'zbekiston.
Rashidov o'rniga Sayfiev, Musaev o'rniga Ismatullaev tushdi

45+2.
Dastlabki bo'lim tugadi. 2:0 hisobida oldindamiz

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shildi

44.
Bobur Yo'ldoshev raqib jarima maydoni ichiga kirib borib yiqilib tushdi, hakam penalti belgilash uchun sabab ko'rmadi

42. Xavfli vaziyat!
Fozil Musaev darvozabon bilan birga bir chiqib borib to'pni darvozabonning o'ziga qarab tepdi. Burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi

41. Iskanderovning burchakdan oshirib bergan to'pini SHodiev boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 2:0.

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vohid SHodiev!

40. Rashidoooooov! Belgilangan jarima to'pini Ronaldu uslubida darvozaga yo'lladi, to'p jonli devorga tegib maydonni tark etdi!

39.
Kozak! 30 metrlardan chap oyog'i bilan darvozaga zarba berdi, anchagina noaniq!

37. Xavfli vaziyat!
Afg'onistoning xavfli hujumi! Amiruddin Muhammad Anvarning zarbasi noaniq ko'rinish oldi

35. Yana SHodievda imkoniyat!
Iskanderovning to'p uzatishidan so'ng Vohid jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq

32. ZARBAAAAAAA! VOHID SHODIEEEEEV! Kozakning nozik pasi bilan SHodiev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. To'pni posbon ustidan o'tkazgan hujumchimiz bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba bera olmay qoldi....

30.
Vakillarimiz to'pni o'zlarida saqlab turishibdi, Mustafoev yana burchak to'pi ishladi. Oshirilgan to'pni Islom To'xtaxo'jaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

28.
Afg'oniston yana bir jarima to'piga ega bo'ldi. Bu safar ham samarasiz

25.
Iskanderovning burchakdan oshirgan to'pini darvozabon bartaraf etdi

22.
Afg'oniston ilk bor hujum tashkil etdi. Jarima to'pidan so'ng jarima maydonimiz ichidagi sarosimadan raqiblar foydalana olishmadi

20. Xavfli vaziyat! Darvozabon to'pni Sergeevga tashlab qo'ydi, Igorning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

19.
Sanjar Rashidov Sanjar Muhammad Ahmadini yiqitgani uchun ogohlantirildi

19. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Sardor Rashidov

18. Xavfli vaziyayayayayayayayayayayat! Rashidov bu safar chap qanotda paydo bo'lib to'pni sheriklariga uzatdi, erlatib berilgan to'pni SHodiev to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi! Noaniq!

16. ZARBA!
To'xtaxo'jaevning pasidan so'ng Vohid SHodiev jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegib maydonni tark etdi

13.
Termamizning hujumi chiroyli rivojlandi, Kozak devor uslubida raqib jarima maydoniga kirdi, ammo zarba bera olmadi

12.
To'p bilan muomala qilish foiz hisobida biz tomonda: 64:36

11.
Iskanderov ajoyib pas bilan Rashidovni to'p bilan taminladi. Sardor raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, hakam indamadi

9.
Rashidov Sergeevni oldinga boshladi, chap qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Jamoamiz hujumni yana boshidan boshlamoqda

7. Xavfli vaziyat!
Igor Sergeev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi!

6. Iskanderovning uzatgan to'pini Musaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, qaytgan to'pni SHodiev darvozaga yo'lladi, qaytgan to'pni Krimec 1 metrdan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.


6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KRIMEC 1:0

5. Vakillarimiz uchrashuvdagi ilk burchak to'piga ega bo'lishdi. Iskanderov to'pni jarima maydoniga uzatdi!

4. ZARBA! Dastlabki zarbani Sardor Rashidov berdi. CHap oyog'i bilan 22 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni posbon ushlab oldi.

3. Salim Mustafoev chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'pni himoyachilar qaytarishdi.

2. Afg'oniston maydon markazida jarima to'piga ega bo'ldi, to'pni himoyachilarimiz qaytarishdi va hujumga o'tishdi. Rashidov o'ng qanotdan oldinga o'tdi. Ammo sheriklari to'pni yo'qotishdi

1. O'zbekiston bugun oq, Afg'oniston esa qizil rangli liboslarda o'ynamoqda.

O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика