So’nggi yangiliklar

13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  0 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  1 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  2 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  10 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  17 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  3 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2

G'ulomhaydar G'ulomov: "Tezkor gol foydamizga ishladi" Yangiliklar

G'ulomhaydar G'ulomov: "Tezkor gol foydamizga ishladi"

"Bunyodkor" va "Al Zavra" jamoalari o'rtasidagi OCHL saralash bahsida mezbonlar tarkibida bir qator yangi futbolchilar debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Xususan dastlabki daqiqalardan Humoyun Murtozoev, Suhrob Yarashev, Sardor Abduraimov, Murod Holmuhammedov, Selim Nurmuradov harakat qilgan bo'lsa, zaxiradan maydonga G'ulomhaydar G'ulomov tushdi.

Ushbu uchrashuvdan keyin mikst-zonada unversal futbolchi G'ulom Haydar G'ulomovning fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Menimcha kuchli jamoaga qarshi to'p tepdik. Tezkor gol urib olganimiz foyda keltirdi. Raqib butun jamoa bo'lib hujumga o'tishga urindi. Bizda esa tezkor qarshi hujumlardan foydalanish imkoniyati tug'ildi. Muhimi g'alaba qozonib, stadionga kelgan muxlislarga xursandchilik ulashdik. Murabbiy jamoadagi futbolchilarning nimalarga qodir ekanligini yaxshi biladi.

Zaxiradan tushayotganimda bosh murabbiy ko'p ham gapirmadi. Maydonning qaysi qismida o'ynashimni ayib omad tiladi. Barcha ko'rsatmalar bahsdan oldin berilgandi. Barchamiz yagona maqsad ostida birlashdik va keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'ldik", - dedi G'ulomov.



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика