So’nggi yangiliklar

14:58"Барселона" собиқ дарвозабони "Арсенал"га ўтмоқда  0 14:38Англия термаси ҳужумчиси "Челси" ва МЮ таклифини рад этиб, Саудия Арабистонига йўл олмоқда  0 13:58"Рома" машғулотида тўполон: мураббий ва футболчи катта жанжал келтириб чиқарди  3 13:28Ана холос! "Ланс" етакчиси "Рома"да тиббий кўрикдан ўтолмади  0 13:00КХДР Ўзбекистонга қандай таркиб билан келаётгани маълум  8 12:40Ҳусниддин Нишонов: "Терма жамоадаги муҳит ва кайфият аъло даражада. Мундиалга тайёргарлик яхши кетмоқда"  0 12:12Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби Иордания билан навбатдаги ўртоқлик ўйинида майдонга тушди  0 11:55"GOAT" машғулотларга қайтди. У қачон майдонга тушиши маълум  30 11:37"Камтар" Роналду ўзини дунёдаги энг машҳур инсон деб атади  20 11:10Осимхен "Ал Аҳли"да қанча ишлаб олиши маълум  0 10:42Янгиланган EЧЛ ғолиби қанча пул ишлаб олиши маълум  16 10:10Хосе Венансио Лопес: "Португалиядаги йиғинда биз Европа терма жамоалари билан даражамиз қанчалик фарқ қилишини билиб олдик. Мундиалда реалист бўлишимиз ва имкониятларимизни тўғри баҳолашимиз керак"  4 09:50"Арсенал" яна бир юлдуз футболчи билан шартнома тузмоқчи  3 09:23«Барселона» «Nike» сабабли Нико Уильямс ва Рафаэл Леау билан шартнома туза олмади. Нега?  3 08:54Гвардиола "Ман Сити" xодимларига катта миқдорда пул совға қилди  1

"Gullar shahri"ga sayohat nimasi bilan yodda qoldi? Yangiliklar

"Gullar shahri"ga sayohat nimasi bilan yodda qoldi?

Namangan viloyatida o'zbek futbolining 110 yilligi nishonlandi.


O'zbek futbolining 110 yilligi doirasida navbatdagi sayohatimiz Namangan viloyatiga bo'lishi lozim edi. Vodiyga oyog'imiz erdan uzilgan holda boradigan bo'ldik. Tonggi reysga ulgurish uchun doimgidek budilnigimga sharafli vazifani topshirdim. SHunga qaramay, tug'ilgan o'lkamdagi qo'shnimiz takidlaganidek, bitta koptokning ortidan 22 kishi quvib yuradigan sport turiga oid yumushlarim ko'pligi bois, o'sha lahzalarda ertakdagi malikalardan-da rohatliroq ko'rinadigan uyqumdan voz kechishga majbur edim. Yonimda sheriklarim yuqoriga qarab yotgancha, charchagan odam tomonidan ijro etiladigan ikki bo'g'inli musiqani takrorlayotgan bir paytda bugungi ishni ertaga qoldirmaslik maqsadida noutbukimni ham mizg'ib olishiga yo'l qo'ymadim. Hattoki pinakka ketmaslik uchun "Janob Bin" obrazi bilan mashhur ingliz aktyori Rouen Atkinson tomonidan gugurt cho'plari ishtirokida sinovdan o'tkazilgan usulni ham tajriba qilib ko'rmoqchi bo'ldim. Xayriyatki, ishimni bitkazdim, dam olishga ham, aeroportga vaqtida borishga ham ulgurdim. Tayyoragohda doimgidek turistlar, shuningdek, "Begona bahor" filmida rol ijro etgan, qo'shiqlar ham kuylagan Anvar Sobirov va yana bir qancha sanatkorlarni uchratdim. Biz parvoz qiladigan "temir qush" Farg'onaga qo'nar ekan. U erdan esa avtobus orqali manzil tomon yo'l oldik. Yo'l-yo'lakay chala qolgan uyquni davom ettirib, qolaversa, dalada javlon urayotgan dehqonlarni, kimdir kelishi uchun bo'lsa kerak, qo'l tekkazilmagan bazi paxta dalalarini kuzatib, qo'shni viloyatga etib oldik. 

Viloyatga kelgach, namanganlik futbol faxriylarini yo'qladik. Dastlab Anvar Boqiev xonadoniga tashrif buyurdik. Xizmatdagi avtomobillardan tushgach, Boqievning xonadoni sari qator bo'lib qadam bosdik. Faxriylar rasmiy kiyimda edi. Taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev "Bu yurishimiz kuyovnavkarga o'xshadi, o'rtada yurgan galstukli To'lagan aka kuyov bo'ladilar", deya hazillashdi.

Anvar Boqiev faoliyatining asosiy qismini Jizzaxning "Zvezda" klubida o'tkazgan. Ushbu jamoa SSSR chempionatining Birinchi ligasida ishtirok etgan. Keyinchalik Namangan bir necha jamoalarida to'p tepgan. 

U kishiga sovg'alarni topshirib, endi qaytmoqchi bo'lib turganimizda, yana bir nuroniy otaxonga duch keldik. 85 yoshli Kamolxon Jamolov o'zbek futboli afsonalari bilan uchrashib, ich-ichidan xursand bo'lib qoldi, nazarimda. Ayniqsa, Birodar Abduraimovni ko'rganidan mamnun bo'ldi. "Siz o'zbek futbolidagi "Pele"siz, dedi Kamolxon Bobo. — 77-yil bolalarimni uyda qoldirib, sizning o'yiningizni ko'raman deb Moskvaga borganman".

SHundan so'ng yana bir futbol faxriysi Rashid Ubaydullaev xonadoni sari yo'lga otlandik. Rashid Ubaydullaev faoliyatining butun qismini o'zi tug'ilib-o'sgan viloyat klubdarida o'tkazgan. "Tekstilshik" jamoasi bunga misol bo'la oladi. Hatto O'zbekiston terma jamoasiga ham chaqirilgan ekan.

U kishining ham uyi tomon borar ekanmiz, bir guruh odamlarning kelayotganini ko'rib, yon qo'shnilari "Tinchlikmi", deya hayrat bilan tikilib qolishdi. 

So'ngra Namangan viloyati 1-sonli futbol akademiyasida zamonaviy futzal zalining ochilish marosimi o'tkazildi. Tadbir davomida futbol faxriylari bo'lajak "qaldirg'ochlar"ga omad tiladi. Jumladan, Birodar Abduraimov etuk futbolchi bo'lish uchun mashaqqatli mehnat qilish lozimligini takidladi. To'lagan Isoqov ham Abduraimovning fikrini davom ettirgan holda uning faoliyatini misol qilib keltirdi hamda "Abdurimov SSSR chempionatida 100 dan ortiq gol urgan. Suranglarchi, shundan 50 tasiga kim pas bergan", — deya bolalarga quvonch bag'ishladi. Kuzatuv davomida maxsus chiqarilgan bannerda o'tmishdagi "Paxtakor" libosidagi Isoqovning suratini ko'rib qoldik. Yosh, jishoatga to'la futbolchiga ko'zi tushgan O'FA xodimlaridan biri "To'lagan aka, yoshligingizda kelishgan bo'lgan ekansiz" desa, Isoqov: "Yoshlikda chiroyli bo'lganman, qizlar men bilan uchrashish uchun navbatda turishardi", — deya javob qaytardi.

O'sha erda futbol faxriylaridan Namangan xotiralari to'g'risidagi qiziqarli voqealardan bahramand bo'ldik.

O'XSHAMAGAN “TAKTIKA” YOXUD HIBSGA OLINGAN ISOQOV (To'lagan Isoqov hikoyasi)

"SHahrixonchi" klubi murabbiyi sifatida ishlab yurganimda, chempionatdagi kelgusi raqibimiz bo'lgan namanganliklarni o'rganish maqsadida ularning o'yiniga tashrif buyurdim. Stadionga kirayotganimda, bittasi "Oka, yuring sizda gap bor", deya bir xonaga obkirib qo'ydi. Men "Nima bo'ldi o'zi, tinchlikmi" desam, "Qo'rqmang, hammasi joyida, mana bu erda o'tirib turasiz", dedi. Bir payt qarasam, Vasilenko kirib kelyapti. SHokir aka muxlislarga ko'rsatgan ekan, buniyam ko'zdan panaga, shu erga olib kelishibdi. O'yin yakunlangach, bizni qo'yib yuborishdi. Keyin bilsak, biz raqibning o'yinini o'rganmasligimiz uchun shu yo'lni tutishgan ekan. "Hali qo'limga tushasizlar", deb hazillashib qo'ydim. Namanganliklarning bu "taktikasi" ishlamadi va biz kelgusi bahsda ularni 2:0 hisobida mag'lub etdik.

Keyinchalik Namangan viloyati Marifat markazida viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, vice-prezident Odil Ahmedov hamda o'zbek futboli faxriylari va OAV vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Kunning ikkinchi qismida "Navbahor" klubining zaxira o'yingohida O'FA hamda Namangan viloyati faxriylari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda jangovar durang qayd etildi — 4:4. 

Ushbu uchrashuvda O'FA tarkibida Ravshan Ermatov, Odil Ahmedovlar ham to'p tepdi. Qolaversa, Namangan FA tarkibida viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqov maydonga tushdi va xet-trik qayd etdi. 

Tanaffus chog'ida barchamizga malum "Bravo" jamoasi o'z chiqishlari bilan uchrashuvga tashrif buyurgan talaba-tomoshabinlarni xursand qildi. 

SHuningdek, kulgi ustalari Superligada kim chempion bo'lishi hamda O'zbekiston terma jamoasi nechanchi asrda jahon chempionati chiqishini Championat.asia saytiga malum qildi. Uchrashuv yakunlangach, tomoshabin bolakaylardan biri jamoa sardori bo'lgan viloyati hokimidan sardorlik bog'ini so'radi, SHavkat Abdurazzoqov esa bu so'rovni amalga oshirdi.

Namangan FA — O'zbekiston FA 4:4

Gollar: SHavkat Abdurazzoqov (3 ta), SHuhrat Mirxoldirshoev — Pavel Solomin (2 ta), Ravshan Ermatov, Odil Ahmedov

Namangan FA: 1.Saydullo Jabborov, 2.Salohiddin Xolmatov, 4.Ilhomjon Rasulov, 15.SHerzod Jo'raev, 9.Zahriddin Akbarov, 13.Sanjar Asqaraliev, 12.Rashid G'ofurov, Otabek Samatov, 20.Abduvosit Azizov, 8.SHavkat Abdurazzoqov, 11.SHuhrat Mirxoldirshoev

Zaxira: 16.Zafar Musaboev, Komil Yunusboev, 3.Saydullo Tursunov, 5.G'ulom Obidjonov, 19.Ahad Yusupov, 13.Usmon Asqaraliev, 17.Sohibjon Nabiev

O'zbekiston FA: 1.Ravshanbek Mamurov, 11.Ravshan Ermatov, 7.Odil Ahmedov, 8.Rahmiddin Zikriyaev, 10.Azamat Abduraimov, 15.Aleksey Estafeev, 17.Pavel Solomin, 14.Elbek Musaev, 18.Nizom Nasriddinov, 3.Fayzullo SHaimqulov, 6.Farrux Hamraev

Zaxira: 2.Mirjavlon Mirsagatov, 5.Aleksandr SHapran, 21.Binyamin Muratov, 16.Toirqul Usmonov, 13.Olim Mo'minov

Yakshanba kungi dasturimiz Namangan shahridagi "Yosh kuch" stadionida bolalar o'rtasida bayram festivali bilan boshlandi. Unda taxminan 6-7 yoshlardagi jujuqlar mahorat mashg'ulotlarida ishtirok etdi. SHumtakalar gol urganda qiyqirib; to'qnashib ketganda, bir-birlari bilan arazlashib, insonga zavq bag'ishladi. Ularga ham esdalik sovg'alari topshirildi. CHetga qolib ketgan bir bolakay ham o'z nasibasini ololmasdan, yig'lab turgan ekan, uniyam murabbiylari safga tortishdi.

SHundan so'ng O'FA delegaciyasi va OAV vakillari Namangan viloyati 1-sonli futbol akademiyasiga tashrif buyurdik. Qayd etilishicha, akademiya 2020-yilda qayta tamirlangan bo'lib, uning yotoqxonasida 154 nafar bo'lajak futbolchi istiqomat qilar ekan. SHuningdek, akademiyada 1 ta katta va 2 ta kichik hajmadagi suniy qoplamali maydonlar, qumli futbol uchun maydon va sport zal mavjud ekan.

Tushlik vaqti Namangan oshining mazasini tatib ko'rish maqsadida anhor bo'yida joylashgan choyxonaga yo'l oldik. Umrimiz singari oqib o'tayotgan suv bo'yidagi o'rindiqlarga o'tirganimiz hamonoq anhorning narigi tarafida ikki-uch bolakay mashina bosib ketganmi yoki boshqa sababdanmi, xullas, oyog'i rentgen qilish holatiga etgan itni halok qilish uchun atrofi beton qoplamali, shu bois chiqish murakkab bo'lgan suvga irg'atdi. SHundoq ham oyog'i singan insonning vafodor do'sti jon holatda tipirchiladi. Bu bizning diqqatimizni tortmay qolmadi. Ko'pchilik turib, darhol etiroz bildirdi. Xayriyatki, etirozimiz o'rinsiz qolmadi, yoshi kattaroq kishi istar-istamas olaparning bu dunyo bilan xayrlashishiga yo'l qo'ymadi hamda o'tirganlarning olqishiga sazovor bo'ldi. O'sha it keyinchalik tirik qoldimi-yo'qmi, bilmayman, lekin o'sha voqea negadir etimni jimirlatdi. Bolakaylardan nega bunday ish qilganini so'raganimizda, "Baribir, pichoq tortib yuborardik", deya javob berdi. Ishtahamiz ham yuvg'on ishtahaga aylandi.


Quyosh ham o'z ishini yakunlab, bola-chaqasining yoniga ravona bo'layotgan bir pallada, nihoyat, tashrifimizning asosiy voqeasi etib keldi. Coca-Cola Superligasi doirasida "Navbahor" va "Dinamo" jamoalari bellashdi. Uchrashuvdan avval namanganliklarning imkoniyati yuqoriroq baholanayotgan edi va yakunda ham "Amerika kashf etilmadi". Uchrashuvdan oldin O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov va o'zbek futboli faxriylari barchani o'zbek futbolining 110 yilligi bilan tabrikladilar. SHundan so'ng O'FA tomonidan bir qator viloyat futboli faxriylari taqdirlandi. Ularga ko'krak nishonlari va sovg'alar topshirildi.

"Navbahor" – "Dinamo" 2:0

Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:00

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Elnur Doniyorov, SHohnur Yo'ldoshev, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: Boyan Ciger, 18 (1:0), Jamshid Iskanderov, 34 (2:0)

"Navbahor" - 1. O'tkir Yusupov, 4. Boyan Ciger, 6. Rustamjon Ashurmatov, 7. Azimjon Ahmedov (9. Vladimir Kozak, 75), 10. Jamshid Iskanderov, 11. Jasur Yaxshiboev (17. Diyorjon Turopov, 40), 20. Doniyor Abdumannopov (19. Nurillo To'xtasinov, 65), 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 28. Stanislav Andreev, 55. Asadbek Jo'raboev (30. Aleksandr Kasyan, 65)

Zaxiradagilar: 35. Rahim Davronov, 2. Egor Krimec, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Igor Golban, 64. Muzaffar Mo'minov.

"Dinamo" - 1. Farhod Rahmatov, 6. Ibrohim Yo'ldoshev (77. Vohidjon Oqbo'taev, 63), 7. SHohruhbek Abdurahmonov, 13. Javlonbek Malikov (88. Evgeniy CHumak, 63), 15. Jo'rabek Mannonov, 16. Bobur Mamadolimov, 17. Erkin Boydullaev, 18. Mexriddin Musurmonov (11. Sahob Rashidov, 49), 22. Abdujamol Isroilov, 78. Elguja Grigalashvili, 87. Elnurbek Saitmuratov (21. SHohruh Mahmudxojiev, 28)

Zaxiradagilar: 12. Miloe Prekovich, 35. Aslonbek Axrorov, 70. Oybek Nurmatov, 97. Faxriddin Alimov.

Ogohlantirish: Ibrohim Yo'ldoshev (59)


Ushbu uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?


Sobiq terma jamoa murabbiylarining to'qnashuvi

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan ham, "Dinamo" ustozi Vadim Abramov ham O'zbekiston terma jamoasini boshqarganini-yu, oxir-oqibat qanday natijalar qayd etganini mendan-da yaxshiroq bilsangiz kerak. Mazkur bahs ham ikki "sobiq" o'rtasida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Omadi chopgan "Navbahor"

Namanganliklarning mazkur g'alaba orqali 7 ochko qo'lga kiritdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi, klubdan oldinroqda borayotgan "Nasaf" va "Paxtakor" mazkur turda 2 ochkodan mahrum bo'ldi. Qolaversa, "lochinlar"ni taqib etayotgan "So'g'diyona" ham navbatdagi ochkolarini boy berdi.

Tibbiy yordam ko'rsatilgan va qo'pollik ishlatgan hakam

Boshni changallaydigan voqea emasu, yodga olsa bo'ladigan voqealardan biri deb aytish mumkin. Uchrashuvning 58-daqiqasida Firdavs Norsafarovning ko'ziga qandaydir chang yoki gard kirib qoldi, shekilli, unga shifokorlar tomonidan kichik tibbiy yordam ko'rsatildi. SHu bilan birga, oradan o'n daqiqa vaqt o'tgach, Turopovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hakam futbolchilarni tinchlantirish uchun ularning yoniga borganda, To'ropov yana yiqilib tushdi. Biroq kadrlarda bizga bu holat ravshan ko'rinmagani sababli bu vaziyatga aniq baho bera olmaymiz.

Murabbiylar va futbolchilar o'yin haqida qanday fikrda?

Samvel Babayan: "Takrorlayman - bizga raqiblar qiziq emas, o'zimizning muammolarimiz esa boshdan oshib yotibdi"

Vadim Abramov: "Superligada jamoalar sonini oshirish lozim. Bu esa menga bog'liq emas"

Azim Ahmedov: "CHempionlik uchun oxirigacha kurashamiz"

"Dinamo"ga qarshi o'yinda shikastlangan Jasur Yaxshiboev jarohati haqida gapirdi


SHu tariqa, Namangan safarimiz ham o'z poyoniga etdi. Ertalab dovon osha yo'lga otlandik.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика