Gruziya termasi hujumchisi "Ayaks"ga o'tdi
30 avg 2023 17:54
Yangiliklar


Gruziya termasi hujumchisi "Ayaks"ga o'tdi
"Mec" va Gruziya termasi forvardi Jorj Mikautadze "Ayaks"ga o'tdi.
Futbolchi 2028 yil 30 iyunga qadar shartnoma imzoladi. Transfer summasi 16 million evro + 3 million evro bonuslar ko'rinishida.
Mikautadze 2017 yildan buyon "Mec" tizimida harakat qildi. O'tgan mavsum hujumchi Liga 2 va Franciya Kubogi doirasidagi 40 o'yinda 24 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma etkazib berdi. Bu mavsum esa Liga 1"da 22 yoshli gruziyalik 3 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar