Grizmanning agenti mish-mishlarni rad etdi
22 mar 2019 10:45
Yangiliklar


Grizmanning agenti mish-mishlarni rad etdi
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning opasi va agenti Mod Grizmann futbolchi boshqa klublar bilan muzokara o'tkazayotgani haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.
"Bizda faqat bitta klub bor - "Atletiko". Boshqa hech kim bilan aloqada emasmiz. Antuan CHempionlar ligasini tark etganidan xafa, ammo uning jamoadoshlari va murabbiyi ham shuni his qilmoqda.
Ukam bu hafta terma jamoa tasarrufida bo'ladi. Uning barcha hayollari milliy jamoaga qaratilgan. Hozir hech narsa sodir bo'lmayapti" - deydi Mod.
Grizmann va "Atletiko" o'rtasidagi bitim 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar