Grizmann: "Lissabonga "PlayStation" ham olib kelganman"
13 avg 2020 22:33
Yangiliklar
Grizmann: "Lissabonga "PlayStation" ham olib kelganman"
14 avgust tunida "Barselona" ECHL yarim finaliga chiqish uchun "Bavariya"ga qarshi bahs olib boradi.
"Uydan narsalarni yig'ishtirayotganimda 23 avgustga qadar qolishni reja qilgandim. SHu boisdan bu erga "PlayStation" ham olib kelganman.
"Bavariya" ushbu mavsumni ajoyib o'tkazmoqda, bizda ham raqiblarni qiynab qo'ya oladigan tarkib bor. Bo'lajak uchrashuvda o'zimizning kuchli tomonlarimizni ko'rsatib, navbatdagi bosqichga yo'l olishni istaymiz. Raqiblarimiz to'p bilan birga bo'lishni va tezkor hujumlarga o'tishga ko'nikkan. Biz esa o'z futbolimizni ko'rsatishimiz kerak.
"Bavariya" - bu Levandovski emas. Vingerlar doimo raqib posti yonida xavfli, Myuller va Gnabri ham juda yaxshi o'ynaydi. Levandovski esa har qanday nuqtadan ham darvozani aniq nishonga oladi", - dedi Grizmann.
Fikrlar