Grizmann: "Kamp Nou"da o'zimizni ko'rsata olamiz"
01 mar 2018 22:42
Yangiliklar
Grizmann: "Kamp Nou"da o'zimizni ko'rsata olamiz"
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Leganes"ga qarshi o'yindan keyin "Barselona" bilan bahsga yaxshi kayfiyatda borishini aytib o'tdi.
"O'z o'yinimdan qoniqdim. To'rtta gol urganimdan xursandman. Asosiysi - o'yinda g'alabaga erishganimiz. Bu orqali "Barselona" bilan o'yinga yaxshi kayfiyatda boramiz.
Muxlislarimizni baxtli qilishni istaymiz. Albatta, barcha xato qiladi, biroq bu o'yinda xatoga yo'l qo'ymadim. Ketma ket uch, to'rt gol urishni - so'z bilan tushuntirib bo'lmas ekan.
Muxlislar bilan hech qanday muammolar yo'q. Simeoneni va jamoadoshlarimni qattiq xurmat qilaman.
Oldinda 12 o'yin bor, biz har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga intilamiz. "Kamp Nou"da o'zimizni ko'rsata olamiz deb umid qilaman", - dedi Grizmann.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar