Grizmann joriy mavsum "Atletiko"da qolishni rejalashtirmoqda
26 avg 2022 12:01
Yangiliklar
Grizmann joriy mavsum "Atletiko"da qolishni rejalashtirmoqda
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann Madrid klubida qolmoqchi.
Francuz forvardi Madrid klubining moliyaviy muammolariga qaramay, "Atletiko" tarkibida o'ynashda davom etishiga ishonchi komil.
Hujumchi maoshining pasaytirilishiga tayyor. Grizmanning bosh maqsadi — Madrid klubiga natija olib kelish uchun o'zining eng yaxshi formasini yig'ish.
31 yoshli Grizmann "Xetafe" (3:0)ga qarshi La Liga birinchi tur doirasidagi o'yinda gol urdi. Francuz ayni damda "Atletiko"da 2023 yilning yoziga qadar ijarada o'ynamoqda. O'yinchining huquqi "Barselona"ga tegishli.
Fikrlar