So’nggi yangiliklar

19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   0 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  5 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   6 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  3 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  45 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  2 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  51 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  13 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0

Grizmann haqida siz bilmagan malumotlar Yangiliklar

Grizmann haqida siz bilmagan malumotlar

Bir necha kun oldin "Barselona" 120 mln. evro evaziga "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib oldi.

Kataloniya klubining yangi futbolchisi haqida siz bilmagan malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.


1) Portugaliyadan Makongacha

"Barselona"ning 20-franciyalik futbolchisi bolaligini Makon (Franciya)da o'tkazgan, biroq uning ajdodlari Portugaliyadan. Antuanning ona tomondan bobosi Amaro Lopes Portugaliyada professional futbolchi bo'lgan, ammo bir qancha vaqt o'tib Franciyaga ko'chib o'tadi va qurilishga ishga kiradi.


2) Franciya futbolidagi qiyinchiliklar

Grizmanning futboldagi ilk qadamlarini Makondagi mahalliy jamoada tashlagan. Bolakayning bo'yi juda past bo'lgani tufayli unga etibor berishmagan. Bo'lajak futbolchi "Oser", "Lion", "Sosho", "Sent-Eten", "Mec" va "Monpele" kabi klublarda ko'rikda bo'lgan. Ammo bu klub akademiyalari Antuanning bo'yini bahona qilib, undan voz kechishgan. Kutilmaganda "Real Sosedad" unga qiziqib qoladi va Grizmann 13 yoshda Ispaniya klubiga o'tadi.


3) Grizmann bungacha ham ko'k-anorrangli libosda o'ynagan

Antuan 10 yoshida Makon shahridagi UFM jamoasi vakiliga aylandi. UFM jamoasining formasi ko'k-anorrangda edi.


4) Darvozabon bo'lish orzusi

Grizmann faqat gol urishni emas, ularni qaytarishni ham istagan. Antuan bolaligida qo'liga qo'lqop kiyib, zarbalarni qaytarishni yaxshi ko'rgan. Mashg'ulot yakunlanishi bilan u darvozaga turib olar edi.


5) Basketbol tami

Anutan NBA muxlisi hisoblanadi: Uning sevimli o'yinchisi - Derrik Rouz. Futbolchining Madriddagi uyida basketbol maydonchasi bor.


6) Katta ekrandagi debyut

Grizmann "Betmen": Lego multfilmida Supermenga ovoz bergan.


7) Uning sevimli futbolchisi - Sonni Anderson

Antuan bolaligida boshqa tengqurlari kabi sevimli futbolchisidan dastxat olib, u bilan suratga tushishni istardi. U "Monako"dan "Barselona"ga o'tgan braziliyalik futbolchi - Sonni Andersonni yaxshi ko'rardi. Anderson Antuanning kumiri bo'lgan.


8) Mashina va "Oltin to'p"

Grizmann 2016 yilda "Oltin to'p" uchun davogarlar uchligiga kirgan, ammo futbolchi bu haqida bir necha oy oldin aytishganida ishonmagan bo'lardi. Franciyalik "Atletiko"dagi mashg'ulotni yakunlab, mashinada uyiga qaytayotgan edi. Opasi qo'ng'iroq qilganini ko'rgan Antuan, unga qaytib qo'ng'iroq qiladi. "Oltin to'p" uchun davogarlar uchligiga kirganini eshitgan futbolchi shokka tushadi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика