Grizmann, de Yong va Dest asosiy tarkibda o'ynagan bo'lsa ham Marca'dan "Xetafe"ga qarshi o'yin uchun baho olishmadi
18 okt 2020 10:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/598275_original.jpg)
![](/upload/storage/598275_220.jpg)
Grizmann, de Yong va Dest asosiy tarkibda o'ynagan bo'lsa ham Marca'dan "Xetafe"ga qarshi o'yin uchun baho olishmadi
Madridning Marca nashri "Barselona"ning La Liga 6-tur doirasidagi "Xetafe" (0:1)ga qarshi o'yinidan qoniqish hosil qilmadi.
Hujumchi Antuan Grizmann, xavbek Frenki de Yong va himoyachi Serjino Dest asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa ham baho olishmadi. Franciyalik va niderlandiyalik futbolchi 80-daqiqada almashtirilgan bo'lsa, amerikalik o'yinning so'nggiga qadar harakat qildi.
"Barsa"ning faqatgina bir futbolchisi bitta yulduzdan ko'proq oldi - yosh ispaniyalik Pedriga ikkita yulduzli baho berishdi.
"Xetafe"ning 5 o'yinchisiga ikki yulduz, forvard Kucho Ernandesga esa uch yulduzli baho qo'yildi.
G'olib murabbiyi Pepe Bordalas 3 yulduz, "Barselona" ustoozi Ronald Kumanga esa bir yulduz qo'yildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar