So’nggi yangiliklar

14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  0 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  3 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  3 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  2 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  7 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  6 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  23 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  6

Grizmann bilan mojaro va Buffonning qaytishi: iyulning 10ta shov-shuvli transferlari Yangiliklar

Grizmann bilan mojaro va Buffonning qaytishi: iyulning 10ta shov-shuvli transferlari

Iyul oyi ananaviy ravishda transfer bozorida yirik kelishuvlarga boy bo'ldi.

So'nggi to'rt yarim hafta ichida nafaqat kutilgan, balki kutilmagan transferlar ham amalga oshdi. Endi o'tgan oyning eng qiziqarli transferlarini tahlil qilamiz va klublar qancha sarflashganini qo'rib chiqamiz. 


Stefan El-SHaaravi ("Roma" - "SHanxay SHenxua")

El SHaaravining "SHanxay SHenxua"ga o'tishi kutilmagan yozgi transferlaridan biriga aylandi. 28 iyun kuni italiyalik Xitoyga ketmasligini aytib o'tgandi. "Hozirda Evropani tark etish niyatim yoq. Hali ham yuqori saviyada o'ynashni xohlayman. Endigina 26 yoshdaman va o'ylaymanki, bunday keskin qaror qabul qilishga hali erta". Ammo oradan biroz vaqt o'tgach, futbolchi rad etolmaydigan taklif oldi. 8 iyul kuni u yuqori saviyada o'ynash istagidan voz kechib, Xitoy klubi o'yinchisiga aylandi. Stefan yangi jamoasi bilan uch yillik shartnoma ostiga imzo chekdi va yiliga 10 mln. evro miqdorida maosh oladi. SHuningdek, u 10 mln. evro miqdorida ko'tarma puli oladi.



Kiran Tripper ("Tottenxem" - "Atletiko Madrid")

Tripperning London klubidan ketishi yoqotish bo'ldi. Oldiniga, Kiran "Instagram"dagi muxlislari bilan xayrlashdi, "shporlar" tegi o'rniga adashib NBA jamoasi "San-Antonio Spyors" qisqartmasini qo'ydi, keyin intervyuda o'zining sobiq klubidagi yomon vaziyat haqida gapirdi. "Tottenxem"da ichki ziddiyatlar vujudga kelgan ko'rinadi. Tafsilotlarni oshkor qilmayman, shuning uchun ham ketishga qaror qildim" - deydi Tripper. Nima bo'lganda ham inglizlar transferdan ikki tomonlama manfaat ko'rishdi. "Atletiko" har qanday talabga javob bera oladigan tezkor qanot himoyachisiga ega bo'ldi va bu Kiranga o'sishi uchun yaxshi imkoniyat. Futbolchi yangi klubi bilan tuzgan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan.


Nabil Fekir ("Lion" - "Betis")

Nabil Fekirning transferi, qachonki futbolchi cho'qqiga chiqqanda, o'z vaqtida jamoasini o'zgartirmasa, u qanday holga tushib qolishini isbotladi. O'tgan yozda Fekirga ko'plab top-klublar qatori "Liverpul" ham qiziqish bildirgandi. Mersisaydliklar franciyalik futbolchini 70 mln. evroga sotib olishni rejalashtirishgandi, ammo u tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. Joriy 2019 yilning yozida Nabilni "Betis" 19,75 mln evroga sotib oldi va tomonlar 4 yillik shartnomani imzolashdi. Ehtimol, hujumchining narhi uning statistikasi tufayli tushib ketgan. Yakunlangan mavsumda u 39 o'yin o'tkazib, atigi 12 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.


Tangay N'Dombele ("Lion" - "Tottenxem")

"SHporlar" joriy yozda 18 oylik tanaffusdan so'ng transferlar bozorida faollikni boshlab yuborishdi.  Klub 18 yoshli "Lids" vingeri Jek Klarkni sotib olgandan so'ng "Lion"ning 22 yoshli yarim himoyachisi N'Dombele bilan kelishuvga erishdi. SHartnoma 2025 yilgacha tuzilgan va transfer summasi 60 mln. evroni tashkil qildi. Tangay hisobiga londonliklar yarim himoya markazi ancha kuchaydi. N'Dombele aniq pas berish qobiliyatiga ega bo'lishi bilan birgalikda unda yuqori dribling salohiyati bor. SHuningdek yakka kurashlarda ham chakki emas. Yakunlangan mavsumda futbolchi Liga 1 doirasida o'tkazilgan o'yinlarda 1 gol va 7 assistni amalga oshirgan.


Diego Godin (erkin agent - "Inter", so'nggi klubi - "Atletiko Madrid")

33 yoshli urugvaylik himoyachi "Atletiko" uchun naqd 9 yil o'ynadi. O'tgan yili Godin jamoa sardori bo'lganiga qaramay, "matraschilar" rahbariyati klub faxriysi bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi. "Atletiko"da 30dan oshganlarga faqat bir yillik shartnoma taklif qilish qoidasi mavjud. Urugvaylik bunday shartlarga rozi bo'lmadi va ketishga qaror qildi. Iyul oyi boshida u "Inter" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.



Janluiji Buffon (erkin agent - "Yuventus", so'nggi klubi - PSJ)

Buffon va "keksa sinora"ning ajralishi atigi bir yil davom etdi. 41 yoshli darvozabon "Yuventus"ga erkin agent sifatida qaytdi va bir yillik shartnoma ostiga imzo chekdi. Tajribali kiper o'zining sobiq jamoasiga hurmatini saqlab qolgan holda keldi. U Jorjo Kellinidan sardorlik bog'ichini va Voycex SHesnini birinchi raqamli darvozabon maqomini olishni rad etdi. SHuningdek, Buffon jamoaga yangi kelganlar kechasida birga ishtirok etdi. Qariya shu kuni davrada Domeniko Modugno Volarening mashhur qo'shig'ini ijro etib berdi.


Rodrigo Ernandes ("Atletiko Madrid" - "Manchester Siti")

Rodrigo Ernandesning transferi "Manchester Siti" tarixida amalga oshirilgan qimmatbaho xaridga aylandi. "Atletiko" xavbeki uchun 70 million evro sarflandi. Rodri yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Xosep Gvardiola 23 yoshli futbolchini "Siti" uslubida yangi Busketsga aylantirishi mumkin. Yosh yarim himoyachi hujumda o'ynash barobarida himoyada ham birdek harakat qiladi. Rodri hujum suratini oshirib uni rivojlantiradi. U to'pni alo darajada nazorat qiladi va pressing vaqtida ishonchli o'ynaydi. Pep Fernandinoga munosib raqobatchi topgan ko'rinadi.



Matteys de Ligt ("Ayaks" - "Yuventus")

Transferlar oynasi ochilishidan oldin, yozda "Ayaks"ning 19 yoshli istedodi klubni tark etishi aniq bo'lib ulgurgandi. Evropaning top-klublari de Ligtga davogarlik qilishdi, ular orasida PSJ va "Barselona" ham bor edi. Mateys "Yuventus"ni tanladi va jamoa bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Byankonerilar gollandiyalikni etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishini kafolatladi va futbolchiga yuqori ishonch bildirdi. "Yuventus" de Ligt uchun 75 mln. evro to'ladi va ushbu summa bonuslar hisobiga yana 10,5 million evro ortishi mumkin.


Joau Feliks ("Benfika" - "Atletiko Madrid")

19 yoshli o'spirin "Benfika" asosiy jamoasi tarkibida 43 o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 11 ta samarali uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi yosh bo'lishiga qaramay, "Atletiko" u uchun 126 million evro sarfladi. SHunday qilib, Felish "matraschilar" tarixidagi eng qimmat transferga aylandi shu bilan birgalikda u eng qimmat portugaliyalik o'yinchi bo'ldi. Ko'rinishidan uning transferi uchun to'langan mablag' futbolchiga umuman bosim o'tkazmayotgan tasavvur uyg'otmoqda. "Real" yirik hisobda mag'lub etilgan o'yinda Joau yangi klubidagi debyut golini urdi va 2ta golli pas berdi.


Antuan Grizmann ("Atletiko" - "Barselona")

Antuan Grizmannning "Barselona"ga o'tishi yozning eng shov-shuvli transferiga aylandi. "Matraschilar"ning yangi mavsumga tayoyrgarligi uchun klub bazasiga kelmagan Grizmann advokatlari orqali klub rahbariyatiga 120 mln. evroga uni sotishlarini so'rab murojaat qildi. Iyul oyida kerakli miqdordagi summani to'landi, shundan so'ng u "Barselona" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Biroq futbolchining transferi bekor qilinishi ehtimoli bor. "Atletiko" xo'jayinlarining takidlashicha, kataloniyaliklar futbolchi bilan kelishuvni mart oyida, yani o'yinchini tovon puli 200 mln. evroligida muzokaralarni boshlashgan. SHu sababli, "matraschilar" "Barselona"dan yana 80 million evro to'lashlarini talab qilishmoqda. Ular hatto bu borada sudga murojaat qilishmoqchi. Endilikda La Liga prezidenti Xaver Tebasning qaroriga ko'ra, vakolatli organlar Grizmann transferi yuzasidan tekshiruv o'tkazishmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика