Grizmann "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
02 fev 2022 22:15
Yangiliklar


Grizmann "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann jarohat sababli "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
"El Chiringuito" xabariga ko'ra, jamoa murabbiylar shtabi futbolchini xavf ostiga qo'ymoqchi emas. Ayni damda franciyalik futbolchi chap oyog'ida noqulaylik his qilayotgandi.
Grizmann ushbu mavsum "Atletiko" tarkibida LaLiganing 13 o'yinida qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.
"Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi o'yin 6 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar