Grizmann: "Barselona" uchun Neymarni olish qiyin kechadi"

Alisher
22 iyul 2019, 18:23
"Barselona"ning yangi o'yinchisi Antuan Grizmann Neymarning transferi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barselona" Neymarni qo'lga kiritishi qiyin kechadi, ammo u ajoyib o'yinchi. Unda jarohatlar bo'lgan, ammo u aqlbovar qilmas darajada", - deydi Grizmann.

"Bizda Dembele, Koutino, Malkom kabi jamoa uchun muhim bo'lgan futbolchilar ham bor, shunday ekan muvaffaqiyatga umid qilsa bo'ladi".

Grizmanning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yil 30 iyunga qadar amal qiladi va uning tovon puli 800 million evroga teng.

"Barselona" esa uning transferini amalga oshirish uchun 120 million evro miqdorida tovon puli to'lashiga to'g'ri keldi.

Grizmann Messini futbolning yuzi deb atadi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports