Grizmann: "Barselona" uchun ilk golimni urganimdan xursandman"

Mirjalol Normatov
11 avg 2019, 16:42
"Barselona" futbolchisi Antuan Grizmann yangi jamoasi uchun urgan ilk golidan keyingi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barselona" tarkibida ilk golimni urganimdan xursandman. Umid qilamanki, yaqin yillarda bu yerda ko'plab gollar kiritaman. Qo'llab-quvvatlayotganlarning barchasiga rahmat. Jamoaning g'alabasiga o'zimning muhim hissamni qo'shishni istayotgandim. "Barselona"ning mashg'ulotlariga tezroq ko'nikib, o'yin uslubiga moslashib olishga harakat qilaman", - dedi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS