Grilish "Manchester Siti"ni "Chelsi"ga almashtirishi mumkin
26 mar 2025 14:44
Yangiliklar
Grilish "Manchester Siti"ni "Chelsi"ga almashtirishi mumkin
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish Angliya Premer-ligasining boshqa jamoasiga o'tishi mumkin.
"Shaharliklar" rahbariyati yozgi transferlar vaqtida vingerni sotib yuborishga tayyor. Grilishga Londonning "Chelsi" klubi davogarlik qilmoqda. Avvalroq, yarim himoyachini "Milan" o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jek 2021 yilning avgustidan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Uning bozor narxi 35 million evro.
Yarim himoyachi joriy mavsum APLda 16 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar