Grilish: "Ko'p gol urishim va assistent bo'lishim kerak"
17 sen 2022 22:39
Yangiliklar
Grilish: "Ko'p gol urishim va assistent bo'lishim kerak"
"Manchester Siti" vingeri Jek Grilish "shaharliklar" tarkibidagi o'yinini baholadi.
"Ko'p gol urishim va assistent bo'lishim kerak. Qo'limdan kelganini qilyapman, gol urishga harakat qilyapman, chiroyli paslar berishga harakat qilyapman. Men haqimda hamma to'langan pulni gapirishadi.
Agarda faoliyatimdagi raqamlarga qaraydigan bo'lsak, ko'p ham gol urmaganman. Aynan shu jihatda yaxshiroq bo'lishim kerak. Umid qilamanki, bu jamoada, muxlislar qarshisida bunga ham erisha olaman", - dedi futbolchi.
Grilish 2021 yil yozida "Aston Villa"dan 117 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi. 27 yoshli vinger ushbu mavsum jamoa tarkibida 6 o'yinda 1 gol urdi.
Fikrlar