Grilish bir oyga safdan chiqqan bo'lishi mumkin
12 fev 2022 23:41
Yangiliklar
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa o'yinchisi Jek Grilishning jarohat olgani haqida malum qildi.
"Grilish shikastlandi. Bu uning avvalgi jarohatiga bog'liq bo'lishi mumkin. "Brentford" bilan o'yindan keyingi mashg'ulotlarda u o'zini yomon his qildi. Bugun ham u o'ynamaydi. O'ylaymanki, seshanba kungi o'yingacha Jek tiklanadi", -deydi Gvardiola.
The Telegraph nashri bergan malumotga ko'ra esa Grilishning jarohati jiddiy bo'lishi mumkin va tiklanish uchun deyarli bir oy vaqt ketadi.
Malumot uchun, Grilish bu mavsum APLda 17 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishdi.
Fikrlar