Grilish Angliya Kubogi doirasida "Luton Taun"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
28 fev 15:18
Yangiliklar
Grilish Angliya Kubogi doirasida "Luton Taun"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish Kubok doirasidagi "Luton Taun"ga qarshi bahsda (6:2) jarohat oldi.
Futbolchi 38-daqiqada maydonni tark etdi va uning o'rniga Jeremi Doku tushgan.
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola xavbekning holati haqida gapirdi:
"Hali shifokorimiz bilan gaplashib ulgurmadim, ammo Jek chovidan shikoyat qilayotgandi. U o'zini juda yaxshi his qilayotgandi, biroq o'yin startida yana jarohat oldi.
Albatta, u juda xafa. Mavsum Jek uchun og'ir o'tmoqda, shuning uchun u endi to'liq sog'ayib qaytishi va keyin jamoaga yordam berishi zarur bo'ladi".
Fikrlar