Grigoriy Kolosovskiy: "Sho'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2016, 21:49
"Sho'rtan" - "Paxtakor" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Grigoriy Kolosovskiy o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o'yin imkoniyatlardan foydalanilmagan bahs bo'ldi. Juda ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo bitta gol urdik. Natija o'yinga mos emas. Biroq "Sho'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Raqib futbolchilari g'alabani ko'proq istashdi.

Biz har bir jamoani hurmat qilamiz va har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Vaziyatlardan foydalana olmaslik va himoyadagi qo'pol xatolar tufayli mag'lubiyatga uchradik.

Azim Ahmedov yaqinda jarohatidan qutulgani uchun zaxiradan maydonga tushirildi. Nurullaevga imkoniyat berdik, ammo u o'z darvozamizga xavfli qarshi hujum bo'lishiga sababchi bo'ldi. Akobir To'raevda bitta imkoniyat bo'lgandi, ammo gol ura olmadi.

"Paxtakor"ga nima yetishmayapti? Bizga qarshi har bir jamoa ikki karra kuch bilan maydonga tushadi. Har bir uchrashuvda jon jahdimiz bilan g'alaba uchun kurash olib borishimiz shart", - deydi Kolosovskiy.


"Sho'rtan" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia