So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  7 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  1 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  94 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

Grigoriy Kolosovskiy: "Navbahor"ning asosiy tarkibida Pishur maydonga tushishini kutgandik" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Navbahor"ning asosiy tarkibida Pishur maydonga tushishini kutgandik"

"Paxtakor" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy o'z fikrlarini bildirdi.

"Jamoalar jangovor o'yin ko'rsatishdi.Maydonning har bir qismida va havoda ko'plab kurashlar kuzatildi. Namanganliklar osonlikcha taslim bo'lisha emas, o'ynash uchun kelganini ko'rsatdi. "Navbahor"da uch ochko bilan ortga qaytish istagi katta edi. Ikkinchi bo'limda ikki tezkor gol urganimiz o'yinni o'zgartirib yubordi. Bellashuv qiziqarli o'tdi deb o'ylayman.

Raqib himoyasini yorish uchun har ikki qanotlardan samarali foydalanish talab etilardi. Qanotlardan hujum tashkil etganimizda ko'proq bo'shliqlarga ega bo'lishimizni bilardik. Oqibatda bu taktika ikkinchi bo'limda ish berdi. Albatta hujumga o'tishimiz unchalik yaxshi bo'lmadi. Bu birinchi bo'limda sezildi.

Biz bugun "Navbahor" asosiy tarkibida Pishur maydonga tushishini rejalashtirgandik. U xatto qaydnomaga ham kiritilmadi. Aslida biz namanganliklar safida ukrainalik legioner maydonga tushishini o'ylab, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik.

Navbatda bizlarni “Lokomotiv” bilan jiddiy o'yin kutib turibdi. Oliy liga etakchilaridan biri bo'lgan “Bunyodkor”ga qarshi o'yinni boy berdik, o'z maydonimizda “Nasaf”ga ochko oldirdik. Hozir ushbu yo'qotilgan ochkolar bizga etishmayapti. “Temiryo'lchilar” ko'p gol urib, kam to'p o'tkazishmoqda. Navbatdagi bellashuvda har ikki jamoa qiziqarli futbol namoyish etishlarini kutmoqdaman. SHogirdlarim ham nimaga qodirligini ko'rsatishlariga umid qilaman", - deydi murabbiy.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика