So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  14 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  1 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  3 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   11 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  6 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  18 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  19 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  33

Grigoriy Kolosovskiy: “Harakatlarimiz “Paxtakor” bilan o'yindagidan katta farq qildi” Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: “Harakatlarimiz “Paxtakor” bilan o'yindagidan katta farq qildi”

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Vaziyatlardan foydalana olmadik.  Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq yakuniy zarbalarga aniqlik etishmadi. Birgina gol o'yin taqdirini hal qildi. Harakatlarimiz “Paxtakor” bilan o'yindagidan katta farq qildi. Natija biz uchun juda yomon.

- Murabbiylar shtabidan Nozimjon Esonovga qizil kartochka ko'rsatildi. Bu holatga munosabatingiz qanday?

- Bu albatta o'yin vaziyatidagi emociya bilan bog'liq. Qilgan mehnatlaringiz natija keltirmayotgan vaqtda asabiylik kuzatiladi. Mening fikrimcha shunday, o'yin haroratidagi emociya sabab shu holat yuzaga keldi.

- Abdumajidovning holati qanday? U qancha muddatga safdan chiqdi?

- Ha, u jarohat oldi. Kurash vaziyatida jarohat oldi. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning qachon safga qaytishi malum bo'ladi.

- O'yin davomida Davron Hoshimovning qanotida ko'p xatoliklar kuzatildi. Tarkibda uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi bormi?

- Hoshimov tajribali futbolchi. U vaziyatlarda oxirigacha ishlaydi. Futbolchi uchun omadsiz o'yinlar bo'ladi.

- SHahzodbek Nematjonov ishonchni oqlayaptimi?

- Uning harakatlari yomonmas. Birinchi bo'limda ozroq xatoliklarga yo'l qo'ydi, qarshi hujumlarda aniq harakat qila olmadi. U yosh futbolchi va o'yinlar davomida tajriba to'plab boradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика