So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Grigoriy Kolosovskiy: "Bugungi g'alaba bizdan ko'ra "Navbahor"ga ko'proq kerak edi" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Bugungi g'alaba bizdan ko'ra "Navbahor"ga ko'proq kerak edi"

Superliganing 22-turi doirasida "Navbahor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- CHetlatish o'z so'zini aytdi. "Navbahor" hujumda tartibliroq o'ynashga harakat qildi. Raqiblar ko'p ham hujum qila olishmadi. Lekin biz oddiy joyda fol ishlatdik va standartda yaxshi harakat qila olmadik. Futbolchilarimizni yo'qotib qo'ydik va "Navbahor"ga gol urishlari uchun imkon berdik. "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi g'alaba bizdan ko'ra "Navbahor"ga ko'proq kerak edi. G'alabada individual mahorat asosiy o'ringa chiqdi. 

- "Navbahor" o'yinda bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin ham o'yinda ustunlik qildi. Bunday imkoniyatdan foydalanib, nega taktik o'zgarishlar qilmadingiz?

- Ha, tashabbus "Navbahor"da edi. Lekin hujumlar qildik, shunchaki darvozagacha etib borish qiyin bo'ldi. Biz golga loyiq emasdik va o'tkazib yubordik. Balki o'yin durangga loyiq bo'lgandir. O'yindagi natija barchasini aytib turibdi. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi. Hujumkorroq o'ynashni istagandik, bir vaqtning o'zida uchta hujum bilan o'ynadik. Lekin, afsuski yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayapmiz.

- "Navbahor" qizil olganidan keyingi o'yindagi qaysi chiziq vakillari o'yinidan ko'nglingiz to'lmadi?

- Hujumdagi o'yinimiz bizga umuman maqul kelmadi. Ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan futbolchilar o'z imkoniyatlaridan pastroq o'ynashdi. Standartlardan keyingina biz vaziyatlar yaratdik. Standartlar ham darvozadan anchagina uzoqda bo'ldi. Taktikada bu narsa doimo kutiladi. Uzun uzatmalarning katta qismini biz qabul qilib oldik. Ikkinchi bo'lim biz uchun qiyinroq o'tdi. CHunki Nikabadze to'pni o'zida ushlab turishni boshladi va himoyamizda bosim paydo bo'ldi. Golni esa o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. O'zgarirtirshga harakat qildik, lekin ishlar o'xshamadi. Ha, uch nominal hujumchi bilan o'ynadik. Sekulich, Ubaydullaev va SHaripov o'z imkoniyatlaridan pastroq o'ynashdi.

- Jamoaning Superligada qolishiga ishonasizmi?

- Kurashamiz. "Lokomotiv" bizga sovg'alar bermoqda. Kurash so'nggi turgacha davom etadi. Ha, bugun uch ochko olganimizda fantastik ish bo'lardi. Lekin hozircha barchasi o'z o'rnida qoldi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика