Grigoriy Ceytlin: "Paxtakor" ikkita teng kuchli tarkibga ega bo'lmoqchi"
09 jan 2016 11:30
Yangiliklar


Grigoriy Ceytlin: "Paxtakor" ikkita teng kuchli tarkibga ega bo'lmoqchi"
"Yangi mavsumda uchta frontda kurash olib borishimiz kerak. SHu bois teng kuchli ikkita tarkibni shakllantirishni maqsad qilganmiz. Olimpiya terma jamoasi safida 8 nafar futbolchimiz tayyorgarlik ko'rmoqda. SHu bois yoshlarda o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat mavjud. Dubay yig'iniga 10 yanvar kuni yo'l olamiz. U erda bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirganmiz. 22 yanvarda Toshkentga qaytamiz. 3 kunlik xordiqdan so'ng yana poytaxtimizda yig'ilamiz. Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi ham BAAda o'tadi. SHundan so'ng O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bilan yangi mavsumni boshlaymiz", - deydi Grigoriy Ceytlin.
10 yanvar kuni "sherlar" BAAning SHarja amirligiga xorij yig'ini o'tkazish uchun jo'nab ketadi va ikki hafta mobaynida o'sha erda shug'ullanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar