

- Janob murabbiy, ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...
- Ertaga yaxshi uchrashuv bo'ladi. Musobaqani ajoyib boshladik. Ikkita uchrashuv va gol o'tkazmadik.

"Murabbiyning gaplariga qo'shilaman. Gol o'tkazmaslikda davom etishga harakat qilamiz", – dedi futbolchi Xarri Soutar.
- Mitchell Dyukning holati haqida ma'lumot bersangiz... O'zbekiston terma jamoasi bilan 2019 yilda ham to'qnash kelgan edingiz. 2019 yilgi Kuper jamoasi va hozirgi Katanets jamoasida qanday farq bor deb o'ylaysiz?
- Mitchell Dyuk jarohatlangan. Biz 2019 yilda O'zbekiston terma jamoasi bilan duch kelganmiz. Biz o'shanda penaltilar seriyada raqibni mag'lub etgandik. Ammo oradan ancha vaqt o'tdi va jamoalar ancha o'zgarib ketdi.

- Darvozamizdan gol o'tkazmadik, deb ta'kidlab o'tdingiz. Sizning futboldagi falsafangiz himoyaviy o'yinmi? Ushbu reja bilan qanchalik uzoqqa bora olamiz deb o'ylaysiz?
- Chempionlik. Mening falsafam – hujumkor futbol. Men himoyaviy o'ynaymiz demayman. Sababi birinchi navbatda biz tartibli o'yin namoyish etishimiz kerak. Biz to'p bilan ko'p muomala qilamiz. Statistika buning isboti.
- O'zbekiston terma jamoasi oldingi raqiblardan ko'ra kuchliroq. O'zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoangiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin?
- Ha, O'zbekiston kuchliroq raqib. O'zbekistonda futbolga katta investiciya qilinmoqda. O'zbekiston U-20 terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi JCHda ishtirok etdi. U-23 terma jamoasi ham juda kuchli. O'zbekiston davlati futbolni rivojlantirib bormoqda. Men esa faqat o'z jamoam haqida o'ylayman. Umumiy qilib aytsak, butun Osiyoda futbol to'xtovsiz rivojlanib bormoqda.
- Avstraliya terma jamoasi himoyaviy futbol tarafdori. O'zbekistonga ham ikkinchi raqam bo'lib o'ynash qulay. Ertangi o'yin biroz zerikarli bo'lishini taxmin qilyapman. Sizning fikringiz qanday?
- Biz himoyaviy o'ynaydigan jamoa emasmiz. Biz ikki oy oldin Bangladeshga qarshi o'ynadik va 7:0 hisobida g'alaba qozondik. Bu himoyaviy futbol emas, do'stim. Statistikaga qarang, biz raqib jarima maydonchasi ichida eng ko'p pas o'ynagan jamoamiz. Fikringizga mutlaqo qo'shilmayman.
- Xarri Soutar, o'zbekistonlik qaysi futbolchining o'yinini tahlil qilib chiqdingiz? Bizda texnik jihatdan juda kuchli futbolchilar bor...
- Ha, O'zbekistonlik hujumchilar ancha kuchli. Biroq men o'z ishimni qilishdi davom etaman va hech qaysi o'yinchini shaxsan tahlil qilganim yo'q.
- Jamoangiz keyingi bosqichga chiqib ulgurdi. Ertangi uchrashuvda tarkibda katta o'zgarishlar qilasizmi?
- Men ushbu lavozimga birinchi marotaba kelganimdan beri tarkib ancha o'zgarib ketdi. Shubhasiz, o'zgarishlar bo'ladi, ammo tez emas. Keyingi Jahon chempionatida balki ishlarman, balki yo'q. Biroq avlodlar almashinuvi bu tabiiy hol.




