Greciya termasi futbolchilari bosh murabbiy istefoga chiqishini istashmoqda
13 iyu 2019 00:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/501101_original.jpg)
![](/upload/storage/501101_220.jpg)
Greciya termasi futbolchilari bosh murabbiy istefoga chiqishini istashmoqda
Greciya termasi futbolchilari Kostas Manolas va Sokratis Papastatopulos terma bosh murabbiyi Angelos Anastasiadisning istefosini talab qilishmoqda.
"Gazzetta.gr" xabariga ko'ra, ushbu futbolchilar mamlakat futbol federaciyasi prezidentining oldiga borishgan va termani yoki ular yoki bosh murabbiy tark etishi kerakligini aytishgan.
Qayd etilishicha, greklarning Armanistondan (2:3) uchralgan mag'lubiyatidan keyin terma kiyinish xonasida bosh murabbiy hamda Vasilis Torosidis o'rtasida katta janjal yuzaga kelgan. Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar esa Torosidisning yonini olishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar