"Granada" hujumchisi La Ligada xet-trik qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi
19 dek 2021 23:09
Yangiliklar
"Granada" hujumchisi La Ligada xet-trik qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi
Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Granada" – "Malorka" qarama-qarshiligi o'ziga xos voqea bilan yodda qoldi – mezbonlar hujumchisi Xorxe Molina xet-trik qayd etib, La Liga rekordini o'rnatdi.
Forvard o'z nomini La Liganing bir o'yinida uchta gol urgan eng keksa futbolchi sifatida tarixga yozdi - o'sha paytda u 39 yosh va 241 kunlik edi. SHu tariqa, Xoakin Sanches tomonidan 2019 yilda o'rnatilgan rekord yangilandi.
Qo'shimcha qilish mumkinkm, ushbu g'alaba "Granada"ga turnir jadvalining quyi zonasidan chiqib ketish imkonini berdi.
Fikrlar