Gosens "Barselona"ga o'tish uchun ochiq
05 iyu 2021 11:21
Yangiliklar
Gosens "Barselona"ga o'tish uchun ochiq
"Atalanta" himoyachisi Robin Gosens "Barselona"ga o'tish uchun ochiq.
Futbolchi agenti hisoblangan otasiga tez orada kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishni aytdi.
Gosens uchun bosh davogarlardan biri "Barselona" bo'lib turibdi. Kataloniyaliklar nemisning ehtimoliy transferi borasida ishlashmoqda. O'yinchi "ko'k-anorranglilar"ga qo'shilishga tayyor, ammo barchasi klublar o'rtasidagi muzokaralarga bog'liq.
26 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar