Gorecka joriy mavsumda ortiq o'ynamaydi
10 may 2021 07:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636134_original.jpg)
![](/upload/storage/636134_220.jpg)
Gorecka joriy mavsumda ortiq o'ynamaydi
"Bavariya" xavbeki Leon Gorecka Bundesliga 32-tur doirasidagi "Borussiya" (6:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Germaniyalik futbolchi 60-daqiqada maydonga tushdi, 10 daqiqa o'tib esa oyog'idagi jarohat sabab almashtirildi.
Xabarlarga ko'ra, Goreckaning bosh maqsadi - Evropa chempionatiga qadar tiklanish va 15 iyunda boshlanadigan turnirda Germaniya terma jamoasi safida o'ynash.
Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar